Xitoyning Guançjou portida rasman suvga tuşirilgan, suv siğimi 2000 tonna bölgan hamda yukni özi tuşiradigan elektr kema Marvarid daryosi böylab kömir taşiydi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

Guangzhou Shipyard International kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan, nol emissiyali quruq yuk taşiydigan kemaning uzunligi 70 metrdan ortiq bölib, oğirligi 600 tonna keladi hamda u özida 26 tonna keluvçi, siğimi 2400 kVt*s bölgan akkumulyator va superkondensatorni olib yuradi. Kema ular orqali 80 kilometr yölni bosib ötişi mumkin, quvvatlantiriş uçun esa qariyb ikki soat vaqt talab etiladi, bu yuklaş-yukni tuşiriş vaqtiga teng.

Olti kişidan iborat ekipaj boşqaruvçi quruq yuk taşiydigan kemaning maksimal tezligi soatiga 12,8 kilometrni taşkil etadi. Kelajakda bu texnologiyadan boşqa turdagi kemalarni qurişda ham foydalaniş mumkin, deb yozmoqda RIA Novosti «Nanfan van» portaliga asosan.