Xitoyning CCTV telekanali öz reportajida gipertovuşli tezlik bilan uçuvçi DF-ZF uçuvçisiz, zarba beruvçi parvoz qurilmasi DF-ZF’ning aerodinamik quvurdagi sinovini namoyiş qildi. 

Xitoyda yaratilgan uşbu tajribaviy qurilma soatiga 12 ming km tezlik bilan uça oladi va yadroviy jangovar kallaklarga ega raketalar bilan jihozlanadi. Dron-samolyot 7 yillik sinov parvozlaridan ötkazildi va ular muvaffaqiyatli deb topilgan. Qurilmaning asosiy xususiyati şundaki, uni gipertovuşli tezlikda uçişi evaziga yerdagi va dengizdagi stansiyalar hamda sun'iy yöldoşdan olinadigan ma'lumotlardan foydalanuvçi havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari bilan uşlab bölmaydi. 

Raketaning jangovar kallagi koinotda va atmosferaning yuqori qatlamlarida katta tezlik, biroq oldindan aytiş mumkin bölgan trayektoriya bilan harakatlanadi. Uşbu qurilma tomondan aerodinamik kuçlarning qöllanişi uni harakatçanroq qiladi va şu sababli uni an'anaviy havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari yordamida urib tuşirişning imkoni juda kamdir. Qurilma uçirilgandan keyin atmosferaga ballistik trayektoriya böyiça kiradi va aerodinamik kötariş kuçi hisobiga harakat yönalişini gorizontal yönalişga yaqin özgartiradi.

Katta balandlikda yer sirtiga deyarli parallel ravişda juda katta tezlikda harakatlaniş hujum qiliş vaqtini ança kamaytiradi, atmosferaga kiriş vaqtida kinetik energiyaning katta zaxirasini qöllaş esa parvoz uzoqligini ança kattalaştirişi mumkin. DF-ZF qurilmasi dunyodagi eng katta va uçiş qurilmalarini 11 ming km/soat tezlikda sinaşga qodir bölgan gipertovuşli aerodinamik quvur JF-12’da sinalgan.