Esquire jurnali 2017 yilning eng yaxşi ekşen-filmlari öntaligini e'lon qildi.

Uşbu röyxatning eng yuqori poğonasini rejissyor Kristofer Nolanning “Dyunkerk” filmi egalladi. Film Ikkinçi jahon uruşidagi dramatik voqea – Dyunkerk operatsiyasi vaqtida 300 nafar britan va fransuz askarlarining qutqarilişi haqida bölib, unda Kennet Brana, Killian Myorfi, Tom Xardi, Mark Raylens, Finn Uaytxed, Tom Glinn-Karni va Garri Staylslar rol ijro etganlar.

2-örinni esa DC komikslari böyiça suratga olingan “Mö'jiza-ayol” (Wonder Woman) filmi oldi. Filmda boş rolni aktrisa Gal Gadot ijro etgan. 

3-örinni yaqinda prokatga çiqqan, rejissyor Tayka Vaytitining “Tor: Ragnaryok” (Thor: Ragnarok) filmi olgan.

Şuningdek, öntalikdan “Logan” (Logan), “Maymunlar sayyorasi. Uruş” (War for the Planet of the Apes), “Bolakay drayvda” (Baby Driver), “Jon Uik — 2” (John Wick: Chapter Two), “Kong. Kalla suyagi oroli” (Kong: Skull Island), “Örgimçak-odam. Uyga qaytiş” (Spider-Man: Homecoming) va “Şaddod mallasoç” (Atomic Blonde) filmlari joy olgan.