Amerikalik harbiylar prezidentning yadroviy zarba beriş haqidagi “noqonuniy buyruğini” bajarmaslikka haqlidirlar. Bu haqda AQŞ senatining xalqaro munosabatlar qömitasidagi yiğilişida AQŞ qurolli kuçlari strategik qömondonligining sobiq rahbari, iste'fodagi general Robert Keler ma'lum qildi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda. 

“Harbiylar qonuniy buyruqlarga böysunişga majburlar, biroq noqonuniylarini bajarişga majburmaslar”, deb aytgan Keler. Uning aytişiça, bunday vaziyat agar strategik qömondonlik Oq uy xavfning xarakteriga mos bölmagan barvaqt qaror qabul qilgan deb hisoblasa, yuz berişi mumkin. 

Biroq Keler prezidentning milliy xavfsizlik borasidagi vakolatlari çeklanişiga qarşi ekanligini aytgan. Uning fikriça, bunday qadam mamlakatning mudofaa qobiliyatiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Ba'zi senatorlarning fikriça, prezidentning ba'zi vakolatlarini çeklaş, jumladan unga bir özi yadroviy zarba beriş haqida qaror qabul qilişni taqiqlaş zarur. Demokratik partiya a'zosi Kris Merfining tuşuntirişiça, senatorlar bu borada boş qömondon Trampning “qiziqqonligi” va “özgaruvçanligi”dan xavotirlanmoqdalar.