Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞni IŞID terrorçilik guruhiga moliyaviy yordam körsatişda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

«Bizning AQŞdan könglimiz qoldi. Ular IŞID bilan kuraş olib borişayotganini aytişdi, aslida esa nima qilişdi? IŞIDga juda köp miqdorda pul berişdi. Biz ular bilan Afrin böyiça ittifoqçilik munosabatlariga kirişmaymiz. AQŞ özaro kelişuvlarni har doim, tizimli ravişda buzib kelgan», - dedi Erdöğan.

Şuningdek uning ta'kidlaşiça, Turkiya fuqarolari AQŞ Suriyada nima qilayotgani böyiça savolga javob topa olmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda ham IŞID tarafdorlari uşlangani xabar berilgandi.