Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Xitoyda elektromobillar işlab çiqarişga katta miqdorda sarmoyalar kiritişni rejalaştirmoqda. Kompaniya keyingi 7 yil içida Xitoyda elektromobil va gibridlar işlab çiqarişga kiritilgan kvotani bajariş uçun yangi elektr va gibrid avtomobillar işlab çiqarişga 10 mlrd yevro sarmoya kiritadi.

Bu haqda 16 noyabrda Volkswagen’ning Xitoydagi bölimi rahbari Yoxem Xaytsmann Guançjoudagi avtomobillar körgazmasida ma'lum qildi. 

2025 yilgaça konsern bozorga 40 ta yangi moddel çiqarişni rejalaştirmoqda.

Bundan taşqari, Volkswagen Xitoydagi me'yorlarga mos keliş uçun 2020 yilgaça har yil çiqaradigan elektromobillar sonini 400 mingtagaça oşirişi kerak. 

Xaytsmann Volkswagen öz hamkorlari bilan elektromobillarga kvotalarni bajarişiga işonç bildirmoqda. Bu kvotalarga köra, 2019 yilgaça Xitoyda har bir avtokonsern işlab çiqargan umumiy maşinalarining 10 foizi elektromobillar yoki gibrid avtomobillarga töğri kelişi kerak. 2020 yilda bu kvota 12 foizni taşkil qilişi közda tutilgan.

Kompaniya töliq elektrlaştirilgan avtomobillar uçun gibridlariga nisbatan köproq ball oladi. Köproq masofani bosa oluvçi muqobil avtomobillar uçun qöşimça ballar közda tutilgan. Agar korxona belgilangan me'yorlarni bajara olmasa, boşqa kompaniyadan ballar xarid qilişi yoki jarima tölaşi kerak böladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy taşrifi doirasida “Özavtosanoat” AK va Volkswagen AG konserni örtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qöşma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi. Loyihani 2018-2019 yillarda amalga oşiriş rejalaştirilgan.