Hisob böyiça sakkizinçi ayol AQŞ sobiq prezidenti (1989-1993) katta Jorj Buşni şilqimliklarda aybladi. Britaniyaning Bi-bi-si teleradiouzatuv korporatsiyasining juma kuni xabar berişiça, u öz ismini oçiqlamaslikni söragan, sababi iş faoliyati maxfiy ma'lumotlar bilan boğliq.
Ayolning intervyuda aytişiça, hodisa 2004 yilda, u AQŞ sobiq prezidenti va Ispaniya mudofaa vaziri Xose Bona Martinesning muzokaralarida tarjimon sifatida işlagan paytida yuz bergan. Ayol uçraşuv tafsilotlarini oçiqlamagan, biroq, Bi-bi-si taxminiga köra, Martines öz lavozimini endigina egallagan Ispaniya boş vaziri va kiçik Jorj Buş boşçiligidagi AQŞ ma'muriyati örtasida özaro işonçga asoslangan munosabatlarni örnatişga harakat qilgan.
"Fotosuratga tuşiş payti kelganida, Buş men suratda bölişim kerakligini aytdi. Şu yodimda qolganki, men bu juda noodatiy ekani – odatda biz kadrdan taşqarida qolişimiz haqida öyladim, - deya xabar berdi ayol. – Şundan söng u şilqimlik qildi. Men buni tasodifiy holat deb qabul qildim, biroq u bu işni yana takrorladi".
Ayolning tuşuntirişiça, 23 yil avval vaziyat imkon bermagani tufayli bu haqda indamagan. "Men xafa bölişdan köra, köproq darğazab bölgandim, - deya ma'lum qildi u. – Şu esimdaki, öşanda u men heç narsa gapira olmasligimni bilib buni qilgan, deb öylagandim. Axir vazir oldida janjal kötarişim mumkin emasdi".
Eslatib ötamiz, avvalroq yetti nafar ayol AQŞning 41-prezidentini şilqimliklarda ayblagandi. Xabar qilinişiça, bu holatlardan oltitasi 2003-2016 yillarda yuz bergan.












