2017 yil 14 noyabr kuni Seul global markazining xalqaro anjumanlar zalida Janubiy Koreyaning Adliya Vazirligi va Koreya ixtirolarni rivojlantiriş assotsiatsiyasi (KIPA) tomonidan OASIS dasturi taşkil etildi. Mazkur dastur doirasida ötkazilgan “Koreyadagi çet elliklarning ixtiro va biznes startaplari” tanlovining final bosqiçida hamyurtimiz Xojimuhamedov Jamşiddin özining navbatdagi ixtirosi bilan 2-örinni olib, kumuş sovrinini qölga kiritdi.

Avvalroq, Kun.uz naşri Seul şahridan bugungi qahramonimiz qölga kiritgan yutuqlari haqida xabar bergan edi. 2016 yilda Xojimuxamedov Jamşiddin (Koreyada huquq sohasi böyiça PhD nomzodi) va boşqa hamyurtimiz Ğofurov Dilşodjonlar (Koreyada axborot tizimlarini boşqariş MIS sohasi böyiça PhD nomzodi) Janubiy Koreyadagi OASIS (Overall Assistance for Startup Immigration System/ Çet ellik startapçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş) davlat dasturi orqali öz ixtiro va startaplari bilan iştirok etib, oxirgi bosqiçda ularning har biri bronza sovriniga sazovor bölişgan edi.
Jamşiddin hamda Dilşodjonlar tomonidan yaratilgan ixtirolarni Koreyada patentlaş uçun tegişli hujjatlar tayyorlanib, bu bilan boğliq boşlanğiç harajatlar ham OASIS dasturi orqali Koreya Respublikasi tomonidan qoplandi.
Joriy yilda ham Jamşiddin özining ötgan yilgi loyihasi va unga topşirilgan patent asosida yangi ixtirosi bilan qatnaşib, şunday imtiyozga takroran ega böldi.


OASIS dasturi Koreyadagi çet elliklarning intellektual mulkka asoslangan bizneslarini boşlaşga yordam beriş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş dasturi bölib, uning doirasida startap va tadbirkorlik böyiça kurslar, intellektual mulk huquqini qölga kiritiş, konsalting, kompaniya taşkil qiliş va uni tijoriylaştiriş hamda zamonaviy texnologiyalar asosida qilinadigan ixtiro va bizneslar uçun beriladigan startap viza kabi qator imkoniyatlar taqdim qilinadi.
2017 yilgi tanlovning oxirgi bosqiçigaça yetib kelgan AQŞ, Xitoy, Fransiya, Indoneziya, Hindiston, Meksika, Ganalik va yana boşqa çet elliklarning jami 20 ta ixtirosi keng omma uçun oçiq körgazmaga qöyilib, turli soha vakillari va mutaxassislaridan taşkil topgan maxsus komissiya tomonidan körib çiqildi va baholandi. Uşbu ixtirolarning içida 3 tasi eng yuqori natijani qölga kiritib, oltin (Hindiston), kumuş (Özbekiston) va bronza (Xitoy) sovrinlari bilan mukofotlandi. Mazkur loyihalarning barçasi 2017 yilning dekabr oyi boşida Seul şahrida bölib ötişi rejalangan xalqaro startaplar festivalida ham qatnaşib, körgazmaga qöyiladi.

Biz Kun.uz jamoasi nomida hamyurtimiz Jamşiddinni navbatdagi muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Qahramonimiz yangi ixtirosini amaliyotga tadbiq etişida omad yor bölsin.
Feruza Avazova tayyorladi












