Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa boş murabbiyi Zaynidin Zidanni iste'foga çiqariş haqida öylamoqda.

Don Balon ma'lumotiga köra, Peres fransiyalik mutaxassisga işonadi, ammo uni «Real»ning joriy mavsumdagi natijalari taşvişga solmoqda. Agar Zidan mavsum yakuniga qadar vaziyatni önglay olmasa, klub uning örniga boşqa mutaxassis olib keladi.

Madridliklar klubi rahbariyati ayni vaqtda köp vaqtdan buyon Germaniya terma jamoasini boşqarib kelayotgan Yoaxim Levni köz ostiga olib qöygan. Xabar qilinişiça, Peres 57 yoşli uşbu mutaxassis bilan gaplaşib olgan, u 2018 yilgi jahon çempionatidan keyin «Real»ga kelişi mumkin.

Ma'lumot uçun, ötgan ikki mavsumda yuksak natijalar körsatgan «Qirollik klubi» bu mavsumda inqiroz köçasiga kirib qoldi. Jamoa ayni vaqtda içki çempionatda asosiy raqib «Barselona»dan 10 oçko ortda qolgan holda uçinçi örinda bormoqda.

Zidan boş murabbiylikka 2016 yil yanvarida kelgandi, u ötgan vaqt içida klub bilan 7 sovrin yutib oldi.