AQŞ prezidenti huzuridagi Iqtisodiy maslahatçilar kengaşi öz hisobotini e'lon qildi. Unda ta'kidlanişiça, 2015 yilgi opioid inqirozidan körilgan zarar 504 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilinmoqda. 

«2015 yili 33 mingdan ortiq amerikalik tarkibida opioidlar saqlovçi dorilarni köp iste'mol qilişdan vafot etgan. Mazkur inqiroz tufayli körilgan iqtisodiy zararlar miqdori jiddiy kamaytirilgan», — deyiladi hujjatga berilgan izohda. 

Qayd etilişiça, iqtisodiy yöqotişlar miqdori 504 mlrd dollar yoki YaIMning 2,8 foizini taşkil etadi. Bu esa, avvalgi hisob-kitoblardan 6 marta köp demakdir. 

Tadqiqotda opioid dorilarni iste'mol qiliş bilan boğliq muammoga 2,4 mln amerikalik duç kelgani ta'kidlanadi.