Meksikalik 27 yoşli Eveliya Reyyes va AQŞdan bölgan 26 yoşli Brayan Hyuston ikki davlat örtasidagi çegarada töylarini ötkazdi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Naşr ma'lumotiga köra, sevişganlar Meksikaning Tixuana tumanida joylaşgan «Umid darvozasi» nomli yerda nikohlarini qayd qilişgan. «Darvoza» çegaraning har ikki tomonida yaşovçi va bir-birining uyiga bora oliş imkoniyatiga ega bölmagan qarindoşlarning uçraşişi uçun sönggi yillar davomida atigi bir neça marta oçilgan.
Ta'kidlanişiça, sevişganlar nikoh töğrisidagi rasmiy hujjatlarni çegaraning özida imzolaşgan. Reyyes tegişli hujjatlari bölmagani tufayli AQŞga kira oliş imkoniyatiga ega emasdi. Biroq endi u yaşaş uçun ruxsatnoma söraş huquqini qölga kiritdi.












