Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Yaqin Şarqdagi vaziyat böyiça fikrlar almaşildi. Suriyada terrorçilik guruhlariga qarşi kuraşdagi muvaffaqiyat bilan boğliq holda ixtilofni hal qiliş istiqbollariga taalluqli masalalar körib çiqildi”, deyilgan xabarda.
Putin muloqot çoğida Soçida ötişi kerak bölgan Suriya milliy muloqoti kongressi Suriya muammosini hal qiliş jarayoni va Suriyaaro aloqalarga yangi turtki berişini ta'kidlab ötdi. Putin Suriya muxolifatining Ar-Riyodda 22-24 noyabrda ötadigan uçraşuvi ham şu yölda xizmat qilişiga umid bildirdi.
Putin Saudiya qirolini Suriya prezidenti Başar Asad bilan muzokaralari natijalaridan xabardor qildi va unga 22 noyabrda Rossiya, Eron va Turkiya sammitida köriladigan masalalar haqida sözlab berdi.












