Argentina terma jamoasi 2018 yil 23 martiga belgilangan, Italiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvini bekor qildi.

Football Italia’ning ma'lum qilişiça, Argentina futbol uyuşmasi (AFA) bunday qarorni Italiya Rossiyada ötadigan 2018 yilgi jahon çempionatiga çiqa olmagandan keyin qabul qilgan. 

Manbaning ta'kidlaşiça, AFA “Skuadra Adzurra” pley-off bosqiçida şvetsiyaliklarga imkoniyatni boy berganidan keyinoq bu haqda italiyalik hamkasblarini xabardor qilgan.

Argentina tomoni yöllagan maktubda uçraşuvning bekor qilinişiga jumladan muxlislar tomondan uşbu uçraşuvga qiziqiş bölmasligi va Italiya terma jamoasining tajribaviy tarkibi bilan öynalişi mumkinligi sabab qilib körsatilgan. 

Bunday tuşuntirişga qaramasdan, uşbu holat Italiya matbuotida Italiya termasining jahon çempionatiga çiqa olmaganidan keyin Italiya futboli uçun yana bir xörlanişdek qabul qilindi.     

Italiyaliklar 60 yildan beri ilk marta jahon çempionatiga çiqa olişmadi.