Rossiyaning Oltoy ölkasi korxonalari Özbekiston kompaniyalari bilan maşinasozlik va RFda işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi texnikasini xorijiy bozorga çiqariş sohasida hamkorlikni kengaytiriş niyatida. Bu haqda 22 noyabr kuni Sibir mintaqasi delegatsiyasining Özbekistonga amaliy taşrifi doirasida Oltoy ölkasi hukumati raisining örinbosari Viktor Meşçeryakov jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Oltoy ölkasi – qişloq xöjaligi mintaqasi, şuning uçun Rossiya bozorida qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş hajmining 13-14 foiziga egalik qilamiz. Özbekiston korxonasi bilan bizning ehtiyot qismlar va qişloq xöjalik texnikamizdan foydalaniş böyiça şartnoma imzolanadi. Geologiya böyiça qömita bilan "Altaygeomaş" zavodimiz burğilaş qurilmalarini yetkazib berişda davom etişiga kelişib oldik. Hozirgi paytga qadar 400 dan ortiq şunday qurilma olib kelingan", - deya aytib ötdi Meşçeryakov.
Şuningdek, uning sözlariga köra, Oltoydagi oziq-ovqat dökonlari tarmoği Özbekistonga 10 mln. rubllik meva-sabzavot mahsulotini yetkazib beradi. Kelajakda, Meşçeryakovning aytişiça, Oltoy ölkasi hukumati Özbekiston temir yöllari bilan ham kelişuv imzolaşi mumkin. Bu Sibirdan Özbekistonga mahsulotni töğridan-töğri, Qozoğiston tranzit nuqtalaridan ötmay turib yetkazib berişda yordam körsatadi.












