Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi yordami bilan Rossiyaning Oltoy ölkasi Biysk şahrida oğir vaziyatga tuşib qolgan tört nafar fuqaro vatanga qaytdi.
Ma’lum bölişiça, ular bir neça oy davomida yopiq korxonada işlab kelişgan, pasportlari esa iş beruvçi tomonidan olib qöyilgan.
Boş konsulxonaga murojaat qilinganidan söng, Özbekistonning Novosibirsk şahridagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularni zudlik bilan yurtga qaytariş böyiça barça zarur çora-tadbirlar körildi.
Qisqa muddatda va bepul asosda ularga qaytiş uçun sertifikatlar berildi, yaşaşi uçun xostel taqdim etildi, şuningdek, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan «Novosibirsk–Toşkent» yönalişi böyiça eng yaqin reysga aviaçiptalar xarid qilindi.

















