Unda Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi, Oltoy ölkasi mehnat va aholi bandligini ta’minlaş boşqarmasi mas’ul xodimlari, "Tselina", "Rikon" AJ, "Aleyskzernoprodukt" AJ, "Agrofirm Harvest" mas’uliyati çeklangan jamiyati, şuningdek, hududning Zonal tumani hokimligi qişloq xöjaligi boşqarmasi va boşqa şu kabi yetakçi kompaniya, korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Oltoy ölkasi hukumati raisining örinbosari, Rossiyaning uşbu mintaqa böyiça iqtisodiy rivojlaniş vaziri Yevgeniy Deşevix fuqarolarni ölkaning turli korxonalarida mehnatga jalb etiş masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Uning aytişiça, 2024 yil oxirida Oltoy ölkasida işlaş uçun taklif qilingan 11 ming xorijiy işçining olti mingdan ortiği Özbekiston fuqarolaridir.
Özbekiston boş konsuli Aslam Akbarov, öz navbatida, vatandoşlarni mazkur hudud korxonalarida, jumladan, qişloq xöjaligi taşkilotlarida iş bilan ta’minlaş masalasi muhimligini ta’kidladi. Yurtdoşlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, Oltoy iş beruvçilari bilan tuzilgan mehnat şartnomasining barça şartlariga qat’iy rioya etişga alohida e’tibor qaratildi.
Oltoy ölkasi mehnat va bandlik boşqarmasi vakillari mamlakatimizdan mehnat muhojirlarini quriliş, sanoat, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, savdo va boşqa sohalarga jalb etişga imkoniyatlar borligini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 2024 yilda berilgan mehnat patentlarining uçdan ikki qismi Özbekiston fuqarolari hissasiga töğri keladi.
Tomonlar Özbekiston va Oltoy ölkasi örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişning hozirgi bosqiçida mamlakat fuqarolarini Rossiyaning uşbu hududidagi turli korxonalarga işga jalb etişga alohida e’tibor qaratişga kelişib oldilar.

















