Oltoy ölkasi gubernatori Viktor Tomenko bilan uçraşuv çoğida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni qöllab-quvvatlaş, jumladan, Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşlari doirasidagi özaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Gubernator Oltoy ölkasining taşqi savdo hamkorlari orasida Özbekiston ayni paytda Xitoy va Qozoğiston kabi davlatlar qatorida kuçli uçlikdan joy olganini ta’kidladi.
Ayniqsa, Oltoy korxonalari Özbekistondan paxta, tayyor töqimaçilik mahsulotlari, trikotaj gazlamalar, kimyoviy tolalarni faol xarid qilayotgani alohida ta’kidlandi. Şuningdek, Özbekistonda yetiştirilayotgan turli meva-sabzavotlarga hudud aholisining talabi juda yuqori.
Tomonlar, birinçi navbatda, qişloq xöjaligi sohasida qöşma korxonalar, şuningdek, tayyor qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş klasterlarini yaratişga e’tibor qaratdilar va özaro savdo yönalişlarini diversifikatsiya qiliş zarurligini ta’kidladilar.
Agrosanoat majmuasidagi kooperatsiya ham istiqbolli yönaliş hisoblanadi. Bugungi kunda Oltoy ölkasi qişloq xöjaligi maşinasozlari özbekistonlik hamkorlar bilan yerga işlov beriş texnikasini işlab çiqariş sohasida faol iş olib borayotgani, çorvaçilik sohasida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş mavjudligi ta’kidlandi.
Gubernator Viktor Tomenkoning aytişiça, Oltoy tadbirkorlari uşbu masalalarni özbekistonlik hamkasblari bilan, xususan, respublikaga amalga oşirilgan sönggi beşta biznes missiyasi çoğida doimiy ravişda muhokama qilmoqda. Bu işlar, öz navbatida, özaro tovar ayirboşlaş hajmining umumiy ösişiga xizmat qilmoqda.
Tomonlar madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni çuqurlaştiriş muhimligini ta’kidlab, Özbekiston va Oltoy ölkasi oliy hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari örtasida tajriba almaşiş, xalqlar madaniyati, an’ana va urf-odatlarining öziga xosligini oçib beruvçi qöşma tadbirlarni ötkaziş muhimligini qayd etdilar.
Mamlakatda Oltoy ölkasi universitetlarining filiallarini oçiş imkoniyatlari xususida ham fikr almaşildi.












