AQŞning Kaliforniya ştatida istiqomat qiluvçi Loren Krayttser hindularning navaxo qabilasi tomonidan 1840-yillarda tikilgan çoyşabni 1,5 mln. dollarga sotdi. U bu çoyşabni bir neça yil davomida «befoyda hamda iflos eski buyum» deb hisoblagan.
2005 yilda Krayttserning buvisi vafot etgaç, u uning uyiga borib, bir neça kitobni olmoqçi bölgan. Biroq erkakning sözlariga köra, barça narsalar opasi va onasi örtasida bölinib olingan.
Krayttser qoldirib ketilgan qoplardan birida ikkita çoyşabni topib olgan, ularni buvisi özining onasidan meros sifatida olgan. U opasi bilan çoyşablarni bölişib oldi.

Erkak butun hayoti davomida duradgor bölib işlagan. 2007 yilda esa avtomobil falokati oqibatida çap oyoğidan ayrilgan. U öşandan beri işlamagan hamda 900 dollarlik nogironlik böyiça nafaqaga yaşagan.
Krayttser bir neça yil davomida eski çoyşab haqida eslamagan. Biroq 2011 yilda Antiques Roadshow teleşousiga közi tuşib qolgan, unda baholovçi va galerist Don Ellis Arizonadan bölgan keksa erkakka navaxo qabilasiga tegişli çoyşabi 500 ming dollarga baholanişi mumkin ekanini aytgan.

Avvaliga qadimiy buyumlar bilan işlovçilar çoyşabga e'tibor ham berişmagan, biroq keyinçalik u bilan Monroviya şahridagi John Moran «kim oşdi» savdo uyi mutaxassislari qiziqib qolişdi.
Savdolar 2012 yilda ötkazildi: ular 77 soniya davom etib, çoyşab 1,5 mln. dollarga sotildi.

Krayttser barça soliqlardan söng taxminan 1,3 mln. dollarning egasiga aylandi. U mablağlarni aksiyalar va munitsipal obligatsiyalarga yönaltirdi, şuningdek, ikkita uy sotib oldi.












