AQŞda uysiz Jonni Bobbit qariyb 300 ming dollarga boyib ketişi mumkin. Bu u noma'lum qizga özining sönggi pullarini berib, yordam qilganidan söng yuz berişi ehtimolga yaqin, deb xabar bermoqda Associated Press.

17 noyabr kuni Keyt Makklyur Nyu-Jyersidagi yöllardan birida benzini tugab qolgani uçun qolib ketgan. Bobbit unga yordam berişga qaror qilgan va qiz avtomobiliga yoqilği quydirib olişi uçun özining oxirgi 20 dollarini berdi.

Şundan söng Makklyur yonilği quyiş şoxobçasiga bir neça marotaba qaytgan, u erkakka oziq-ovqat va pul bermoqçi edi. Biroq, u internetda ham mablağ yiğiş böyiça aksiyani işga tuşirdi hamda Bobbitga yordam uçun 10 ming dollar yiğişni rejalaştirdi.

Ammo 23 noyabr kungi holatga köra, saxovatpeşa odamlar uysiz erkakka 280 ming dollar yiğib berişgan – hamda bu miqdor oşib bormoqda. Makklyurning qöşimça qilişiça, bunday ajoyib inson uçun yanada köproq yordam qilişga tayyor.