Afğonistonning Juzjon viloyatidagi Şibirğon şahrida xavfsizlik kuçlari IŞID terrorçilik taşkilotining yuqori nufuzli dala qömondoni Şerzod Anvarovni qölga olişdi. Xabar qilinişiça, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan bu şaxs IŞIDning 36 jangarisiga rahbarlik qilgan.

Juzjon viloyati ma'muriyati vakili Muhammad Rizo Ğafforiyning xabar berişiça, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan dala qömondoni Şerzod Anvarov Şibirğon şahrida uşlangan.

"U IŞIDning Juzjon viloyatidagi yetakçilaridan biri bölgan. Tergov davomida u IŞIDning Juzjondagi dala qömondonlaridan biri sanalişini tan oldi. Şerzod Anvarov Şibirğon orqali Markaziy Osiyodagi respublikalardan biriga çiqib ketişni rejalaştirgan. Biroq, u aynan qaysi mamlakatga bormoqçi bölgani hozirça aniqlanmadi", - deya xabar bergan Muhammad Rizo Ğafforiy.

Uning sözlariga köra, Juzjon viloyatida IŞIDning asli kelib çiqişi afğonistonlik va özbekistonlik bölgan bir neça dala qömondoni bor.

"IŞIDning Juzjon viloyatidagi faoliyati uçun afğonistonlik Qori Hikmat, Mufti Ne'mat va özbekistonlik Şerzod Anvarov javobgar sanaladi. Şerzod Anvarov – IŞIDning sönggi vaqt içida qölga olingan uçinçi jangarisi. Avvalroq Bağlon va Sangan viloyatida mahalliy politsiya tomonidan terrorçilik guruhining yana ikki jangarisi – Muqim hamda Xuşmuhammad qölga olingandi", - deya aytib ötdi Muhammad Rizo Ğafforiy.