27 noyabr kuni ertalab soat 08:40da Farğona viloyatining Rişton tumanidagi «Rişton bosmaxonasi» korxonasida havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Viloyat FVB ma'lumotlariga köra, uşbu hodisaga gaz vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab bölgan.
Natijada 1 kişi örta darajadagi (15 foiz) kuyiş bilan jarohatlangan. Şuningdek, çaqnaş tölqini zarbasi natijasida «Rişton bosmaxonasi» MÇJ binosining yaqinida joylaşgan 1-sonli umumta'lim maktabining 3 nafar öquvçisi yengil tan jarohati olişgan.
Jabrlanganlarning biri tuman tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan. Birinçi yordam körsatilgandan söng, maktab öquvçilari uyiga jönatilgan.
Sodir bölgan voqea yuzasidan Rişton tumani prokuraturasi, içki işlar va yonğin xavfsizligi bölimi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
FVV fuqarolarni gaz uskunalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqirdi.











