Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Avtomobil yöllarining arxitektura-landşaft konstruksiyasi va obodonlaştiriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 11 sentabrdagi PQ-3262-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi huzuridagi «Uzavtoyölbelgi» davlat unitar korxonasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida» 2017 yil 2 oktabrdagi 784-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi 221-son qarori (Özbekiston Respublikasi QT, 4-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi töğrisidagi nizomga ilovaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

2. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari — «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklandi.

Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar

1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

«9. Qömita markaziy apparati, uning hududiy boş boşqarmalari, tuman yöllardan foydalaniş korxonalari, yöllardan muntazam foydalaniş korxonalari va köpriklardan foydalaniş korxonalarining, şuningdek, «Özyölkökalamzorlaştiriş» unitar korxonasi va uning hududiy bölinmalarining ta'minoti Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasining mablağlari hisobiga amalga oşiriladi».

2. 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboşilar qöşildi:

«avtomobil yöllariga tutaş hududlarni kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş tadbirlari ötkazilişini taşkil etiş;

standartlaştirişga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yöl belgilari, axborot körsatkiçlari, yöllarda harakatlanişni tartibga solişning boşqa texnik vositalari işlab çiqarilişini taşkil etiş».

3. 11-bandga quyidagi mazmundagi «k» va «l» kiçik bandlar qöşildi:

«k) avtomobil yöllariga tutaş hududlarni kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş tadbirlari ötkazilişini taşkil etiş sohasida:

avtomobil yöllarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilişi va landşaft dizayni qismida zamonaviy yondaşuvlarni şakllantiriş va amalga oşiriş borasida yagona davlat siyosatini olib boriş yöli bilan avtomobil yöllariga ajratilgan polosalardagi yöl böyi hududlarni tegişli holatda saqlaş bilan boğliq işlarni taşkil etiş va tizimli asosda amalga oşiriş;

respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda avtomobil yöllarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş sohasida ilğor zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni keng kölamda qöllaş orqali ilmiy-tadqiqot işlarini oqilona taşkil etiş;

avtomobil yöllari va ularning konstruktiv elementlarini noqulay ob-havo- iqlim omillarining ta'sirdan himoya qiliş böyiça ilğor xalqaro tajribani sinçiklab örganiş natijalariga köra avtomobil yöllariga tutaş hududlarni transportning bulğaşi va taşlanmalaridan muhofaza qilişning eng samarali va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan ötgan zamonaviy usul va texnologiyalarini joriy etiş;

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, idoraviy mansub oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari negizida avtomobil yöllarini loyihalaş, arxitektura-badiiy jihatdan tuziş va landşaft dizayni böyiça yuqori malakali kadrlar tayyorlaş va ularni qayta tayyorlaşni taşkil etiş;

l) standartlaştirişga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yöl belgilari, axborot körsatkiçlari, yöllarda harakatlanişni tartibga solişning boşqa texnik vositalari işlab çiqarilişini taşkil etiş sohasida:

avtomobil yöllarini yöllarda harakatlanişni tartibga solişning texnik vositalari bilan jihozlaş sohasida yagona texnik siyosatni amalga oşiriş;

standartlaştirişga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yöl belgilari, axborot körsatkiçlari, yöllarda harakatlanişni tartibga solişning boşqa texnik vositalarini işlab çiqariş;

yöllarni belgilaş uçun mustahkam materiallar işlab çiqariş, avtomobil yöllarida uzoq muddat foydalanişni ta'minlovçi yöl belgilari çiziş;

Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş masalalarida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va boşqa taşkilotlar bilan özaro hamkorlik qiliş».

4. 18-banddagi «tört» sözi «beş» sözi bilan almaştirildi.

5. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:

«27. Qömita markaziy apparati, uning hududiy organlari, tuman yöllardan foydalaniş korxonalari, yöllardan muntazam foydalaniş korxonalari va köpriklardan foydalaniş korxonalari, şuningdek, «Özyölkökalamzorlaştiriş» unitar korxonasi va uning hududiy bölinmalari xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş kasaba uyuşmasi organi va Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelişgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasining boşqaruv Kengaşi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oşiriladi».