Keça 2018 yilgi Jahon çempionatiga qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi, musobaqa Rossiyada kelasi yilning 14 iyun-15 iyul kunlari bölib ötadi. Turnirdagi birinçi uçraşuvda Rossiya va Saudiya Arabistoni özaro bahs olib boradi – FIFA reytingiga köra eng yomon ikki jamoa (65- va 63-örin). Bunday vaziyat 1993 yilda paydo bölgan reyting tarixida birinçi marta yuz bermoqda.
FIFA reytingi joriy etilganidan söng musobaqalarning oçiliş uçraşuvlari:
JÇ-1994: AQŞ — Şveytsariya
JÇ-1998: Braziliya — Şotlandiya
JÇ-2002: Fransiya — Senegal
JÇ-2006: Germaniya — Kosta-Rika
JÇ-2010: JAR — Meksika
JÇ-2014: Braziliya — Xorvatiya
Eslatib ötamiz, Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari örtasidagi uçraşuv Moskvadagi «Lujniki» stadionida 14 iyun kuni bölib ötadi.











