Navoiy viloyati Konimex tumani Momiqçi şaharçasi «Töqqiztepa» MFYdan KUN.UZ tahririyatiga murojaatnoma kelib tuşdi. 19 kişi tomonidan imzolangan şikoyatning qisqaça mazmuni şunday:
Qişloq Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 martdagi №68-qarori bilan şahar posyolkasi toifasiga kiritilgan. Buni esa şaharça ahli faqat oradan beş yil ötib, 2015 yil oktbyar oyida yer va mol-mulk soliği şaharçalar uçun belgilangan, orttirilgan stavkada tölaşlari kerakligi, boz ustiga tölaganlar ötgan 6 yillik davr uçun farqni ham tölab berişlari kerakligida bilişgan.

Biroq, turli millat va elat vakillari istiqomat qiluvçi, 90 ta xöjalikdan iborat şaharça tipidagi uşbu aholi punktida şaharçalarga xos bölgan şaroit yetarli emas. Çunonçi, köçalar töliq asfalt qilinmagan, uylarga vodoprovod tarmoği tortilgani bilan, içimlik suvini hanuz sotib olib iste'mol qilişayotganini bayon etişgan.
KUN.UZ tahririyatining topşiriği bilan Momiqçi şaharçasiga yöl oldim. Maqola avvalida ogohlantirib qöyişim kerak, tahririyatimizga murojaat qilgan fuqarolarning ism-familiyasini bermaslikka qaror qildik. Çunki, KUN.UZ muxbirlari murojaatlar böyiça yetib borib, xalqning muammosi va taşvişlarini yoritgan joylarda ayrim zöravon rahbarlar muammoni hal qiliş çoralarini izlaş örniga, «tumanimni butun dunyoga şarmanda qildinglar», deb xat yozganlarga zuğum ötkazayotganiga ham guvoh bölayapmiz.

Şaharçaga yetib borib, dastlab mahalla fuqarolari yiğiniga kirdim. Lekin u yerda biror kişini uçratmadim. Mahalla binosi ortida uçastka noziri uçun uy qurilayotgan ekan, u yerda işlayotgan ustalar bu yerlik emasliklarini bildirişdi, xolos. Şaharça markaziga kelib, xatda ism-familiyasi bor insonlardan birini izlab topdim va yozilgan murojaat böyiça kelganimni bildirdim. Birpasda atrofimda tumonat aholi töplandi.



«Içişga va suğorişga yaroqli suvimiz yöq»
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qişloğimiz şahar posyolkasi toifasiga kiritilgani bilan, şaharçaga xos oddiy şaroitlar yöq. Masalan, içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida şaharçaning bir qismiga 5 yil muqaddam vodoprovod tarmoği montaj qilib çiqilgan, biroq u ikki kilometr naridagi qişloqda töxtab qolgan içimlik suv tarmoğiga ulanmagan.

«Şu şaharçamiz içimlik suvi bilan ta'minlandi, deb tumanimiz mutasaddilari «Assalom, Özbekiston!» körsatuvida maqtanişdi. Amalda esa suv 5 yildan buyon ulangani yöq», deydi qişloq nuroniylaridan biri.

Hozir aholiga suv haftasiga bir marta (har payşanba) 20 tonnalik yuk maşinasida (vodovozda) keltirib sotiladi. Bildirişlariça, içimlik suvining bir flyagasi (40 litr) ni 400 sömdan xarid qilişmoqda.
«Tumanda hokimlar tez-tez almaşadi. Bittasi «bu yili qilib beraman», deb va'da berib böşab ketadi. Keyingisi keladi. Unisi ham keyingi yilga va'da beradi».
Qişloq aholisining ekin maydonlarini suğoriş uçun ham sifatli suvi yöq. Aholi vakillarining bildirişlariça, ilgari Navbahor tumani orqali Zarafşon daryosidan yaroqli suv şu hududlargaça kelib turgan. «Burunği hokimga yoza-yoza zaxkaş qazdirdik. 2-3 yildirki, suğoriş uçun tumandagi dalalarda zaxkaş suvlardan foydalanilmoqda. Özi yer şör, zaxkaşdan kelayotgan sizot suvlar ham şör», deyişdi ular. Oqibatda, şaharça ahlining köp yildan buyon unib-ösib kelayotgan daraxtlari qurib qolgan. Ularning kesib, ötinlikka işlatişdan boşqa çora qolmagan.
«Yerimiz şör. Yer osti suvlari sathi ham kötarilib ketdi negadir. Qaçonki daraxt ulğayib öşa suvga ildizi yetib borsa — albatta quriydi. Bu tuproqda ösimliklardan makkajöxori va beda, daraxtlardan jiydadan boşqa daraxt kökarmayapti», deyişdi ular.

Tomorqa xöjaliklarida sabzavot yetiştiriş uçun ham imkoniyat yöq. Yer va suvning şörligidan yer deyarli hosil bermaydi. «Sektor rahbarlari tomorqalardagi bedalarni buzib, dehqonçilik qiliş talabini qöyişdi. Şu kollektordagi zaxkaş suvdan suğoramiz. Qayoqda kökarsin?!»


«Bultur 8 sotixga pomidor va kartoşka ekdim. Gulga kirgan vaqtda qurib ketdi. Navoiyga borib vetdorixonadan dori söradim. Birortasi kor qilgani yöq. Xullas, oğzim qizarib pomidor yeganim yöq», deydi mahalliy mirişkorlardan biri.



«Bir paytlar Zarafşon daryosining çuçuk suvi bizgaça yetib kelib, ariqlarimizdan çuçuk suv oqardi. Qişloq örtasida hovuz barpo etib, suğorişga, hattoki içişga ham şu suvdan foydalanardik. Hozir bu yerda töplanayotgan suv heç narsaga yaroqsiz», dedi şaharçada istiqomat qilayotgan keksalardan biri.

«Nahotki 2 km narida töxtab qolgan içimlik suviga bizni ulab qöyiş uçun 5 yil vaqt kamlik qilsa?» — deb savol berişdi momiqçiliklar.

Tabiiy gaz va elektr energiyasi
Şaharçada tabiiy gaz tarmoği bilan ta'minlangan, biroq aholining aytişiça, gaz ta'minoti bilan boğliq muammolar ham ularni qiynab kelmoqda. «Hozir siz kelişingizdan uç kun avval gaz berilmoqda. Çunki kunlar biroz isidi. Kunlar sovib ketsa — gaz bosimi keskin kamayib ketadi».
Boz ustiga, şaharça aholisini gaz tarmoğidan uzişlari, ballonlarda suyultirilgan gaz bilan ta'minlanişi haqida ogohlantirib ketişgan. Qişki mavsumda isitiş uçun kömir bilan ta'minlanişlarini bildirib ketişgan. «Qöşni Şörköl qişloği tomonlarni gazdan uzişdi. Ular kömir bilan ta'minlaşdan mudom şikoyat qilib yurişadi. Agar bizni ham tabiiy gazdan uzişsa, muammolarimiz yana bittaga köpadi, deb qörqib turibmiz», deyişdi momiqçiliklar.

Elektr energiyasi ta'minoti borasida aholining şikoyati yöq.
Çala asfalt, maktab tomon eltuvçi çang köçalar
Qişloq ahlini qiynayotgan muammolardan yana biri, köçalarning asfaltlanmaganidir. Özbek tilida ta'lim beruvçi 19-maktabga eltuvçi köçalardan farzandlarimiz yozda tuproq, qişda loy keçib qatnaşadi. «1200 metr asfalt qilinişi lozim edi. Yoza-yoza, ötgan yili 530 metr joy asfalt qilinişiga erişdik. Çala qilib ketişdi. Şugina asfaltning sifatidan ham qoniqiş hosil qiliş qiyin. Çunki kelgusi yilgaça bu asfaltning saqlanib turişiga aslo kafolat yöq», deyişdi ular.



Qozoq tilida ta'lim oluvçi öquvçilar narigi qişloqdagi qozoq tilida ta'lim berişga ixtisoslaşgan 12-maktabga qatnaşar ekan. Ular maktab tomon yöl olişib, yölni qisqartiriş maqsadida temiryölni kesib ötişga majbur bölişadi. Dam badam temiryöl liniya militsiyasi öquvçilarni uşlab, ularning ota-onasiga jarima solişayotganini ham şaharça ahli muammo ölaroq bildirib ötişdi.



Maktabga öyinqaroq bolalar uçun serqatnov asfalt yöl böylab borib-keliş, albatta, xavfli. «Özbekiston temir yöllari» AJdagi mutasaddilar yoş bolalarni temir yöldan ötişi uçun piyodalar ötiş yölkasi qurib berişarmikin, degan ilinji bor momiqçiliklarning.




Işsizlik muammosi
Momiqçi ahlining qiynayotgan muammolardan yana biri — yoşlarning işsizlik muammosidir. «Tumanda turli tuman kiçik va qöşma korxonalar oçildi. Bolalar işga jalb qilindi. Lekin 6 oyga bormasdan hammasi kasod bölib yopilib ketdi», deydi mahalla faollaridan biri.
«Biror joyga iş sörab kirişning özi bölmaydi. Yozuv-çizuv bilan işga joylaşsak ham oy ötmasdan qisqartiriş keldi, deb ştatni qisqartirib yuborişadi. Bir vaqtlar bu tuman çorvaçilikka asoslangan edi. Bir yarim million qoraköl zotli qöylar yetiştirilardi. Hozir 153 ming qopti şu qöylar», deydi yana öşa kişi.


«Mana şu yerda ham çorvaçilikka ixtisoslaşgan bördoqiçilik kompleksi bölar edi. Germaniya loyihasi asosida barpo etilgan edi. 12 ming bördoqi qoramol boqilardi. Qişloq aholisining aksariyati öşa yerda mehnat qilişardi. Temir yöl stansiyasida işlar edik. Kömir, yem tuşirardik. Hozir, esa bu korxonalar vayron bölib, bitib, tugab ketgan. Şu çorvaçilik fermasiga Ğijduvondan mollarni suğoriş uçun çuçuk suv quvuri tortilib kelingan edi. Hattoki öşa quvurlargaça kovlab, sotib yuborişdi. Eng qiziği, şu fermani asfaltigaça sotib yeganlarning birortasi ham «urilgani» yöq, hammasi «yuqoriga» kötarildi. Qozoğistonga ketgani — Qozoğistonda, Özbekistonda qolgani — Özbekistonda. Bu yerda esa xalq işsiz qoldi», deydi nuroniy otaxonlardan biri.
Ekologiyadan yozğirişdi

«Tumanimiz Buxoro viloyatining Ğijduvon tumani bilan çegaradoş. Yer osti tabiiy boyliklarini, ma'danlarni qazib olişda turli kislotalar işlatiladi. Kislota ortilgan poyezd sostavlari şu yerdan olib ötiladi. Navoiy kon metallurgiya kombinatining almaşinuv bazasi bor. Zaharli moddalar şu yerda quyiladi. Yoz faslida nafasni böğadigan qölansa sariq tutun hosil böladi. Ğijduvon uzoq — bor zarari bizga, lekin NKMK heç qanday koeffitsiyent kompensatsiya tölamaydi — 2012 yilda olib taşlaşgan. 45 km naridagi Buxoro viloyatining Ğijduvon tumaniga esa tölanadi. Mutasaddilar bu borada ham bizga yordam qilişlarini sörar edik».
* * *
Mö'jaz bir şaharça aholisini qiynayotgan muammolar mana şulardan iborat. Albatta, biz mutasaddilar aholini taşvişga solayotgan muammolarga e'tibor qaratişadi va Momiqçi aholisiga yordam qölini çözadi, degan umiddamiz. Biz uşbu mavzuga yana qaytamiz.
Şuhrat Şokirjonov,
KUN.UZ maxsus muxbiri.











