Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

Xabar qilinişiça, Konimex tumani hududida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomaşina töxtatilib közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan Qozoğiston fuqarosiga tegişli tsellofan paketda 2 kg 87 gr «opiy» moddasi borligi aniqlandi va aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Ma’lum bölişiça, u mazkur giyohvandlik moddasini muqaddam narkokur’yerlar tomonidan qöşni davlatdan kontrabanda qilinib, qoldirib ketilgan xufiya joydan olib ketayotgan bölgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.