Özbekiston musulmonlari idorasida Oksford islom tadqiqotlari markazi (Buyuk Britaniya) direktori doktor Farxan Ahmad Nizomiy, markaz ilmiy xodimi, doktor Talal Al-Azim bilan uçraşuv bölib ötdi. 

Mehmonlarni Din işlari böyiça qömita raisi O.Yusupov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Ş.Minovarov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ş.Ziyodov, Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov, Toşkent islom universiteti rektori R.Abdullayev hamda Toşkent Davlat şarqşunoslik instituti rektori A.Mannonov qabul qildi.

Din işlari böyiça qömita raisi O.Yusupov mehmonlarni qutlab, qisqaça Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan turli din va millat vakillarining ahil hayot keçirişlari va faoliyati, bu borada Respublika rahbariyati tomonidan olib borilayotgan işlar hamda Din işlari böyiça qömita haqida ma'lumot berdi. Suhbatda prezidentning BMT sessiyasidagi nutqlarida tinçlikparvar islom dini mavzusiga berilgan e'tibor, islom dinining asl mohiyatini oçib beriş uçun «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» rezolyutsiyasini qabul qiliş takliflari haqida ma'lumot berdi.

Şuningdek, Respublikada keng qamrovda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, jumladan diniy erkinlik, ma'naviy-ma'rifiy muhitni barqarorlaştiriş masalasiga töxtalib, prezident taşabbusi bilan taşkil etilgan Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Termizdagi Termiziy va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari haqida töxtalib ötdi. Oksford islom tadqiqotlari markazining obrösi, ulkan tajribasi va faoliyat qamrovini e'tiborga olgan holda, uşbu markazlarning özaro hamkorligi samarali va manfaatli bölişini bildirdi.

Foto: Din işlari böyiça qömita

F.Nizomiy qabul uçun minnatdorçilik bildirarkan, Özbekistonni özining ikkinçi vatanidek bilişini aytdi. Özbekiston ulamolarining Islom sivilizatsiyasiga qöşgan ulkan hissasini butun musulmon olami bilişi, islom tarixi olimi sifatida F.Nizomiy yuksak baholaşi va e'tirof etişini bildirdi. 

Uçraşuv nihoyasida, mehmonlarga «Özbekiston bağrikeng diyor» kitobi hamda esdalik sovğalari topşirildi. Öz örnida F.Nizomiy  suhbat qatnaşçilariga Oksford islom tadqiqotlari markazi haqidagi ma'lumotlar va dasturlar töplamini taqdim qildi. Söng Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toşkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Oksford islom tadqiqotlari markazi örtasida hamkorlik memorandumini rasmiy imzolaş marosimi ötkazildi. 

2017 yil 4 dekabr kuni esa Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari S.Safoyev va Oksford Islom tadqiqot markazi direktori F.Nizomiy örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida mehmon mamlakatda Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyev rahbarligida barça sohada amalga oşirilayotgan tub islohotlar, şu jumladan, mamlakat iqtisodiyotini erkinlaştiriş va diversifikatsiyalaşni davom ettiriş, investitsiya muhitini yaxşilaş hamda davlat boşqaruvi organlari tizimini isloh qiliş borasida körilayotgan çora-tadbirlardan batafsil xabardor etildi.

Britaniyalik mehmon san'at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida Islom diniga oid ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşirişda hamkorlikni izçil davom ettirişga tayyor ekanini bildirdi.