Keça, 6 dekabr kuni, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovning Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov bilan telefon muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Qirğiziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Telefon orqali muloqot çoğida hukumat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşdilar va ikki mamlakat hukumatlari örtasidagi hamkorlikning yuqori darajasini alohida qayd etdilar.
Şuningdek, tomonlar davlat rahbarlari örtasida avval erişilgan kelişuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça maksimal sa'y-harakatlarni amalga oşirişga intilişlarini tasdiqladilar.












