Falastin yetakçisi Mahmud Abbosning fikriça, Şarqiy Al-Quds Falastin poytaxti deb tan olinmagunça mintaqada tinçlik-osoyiştalik bölmaydi. Bu haqda FATH harakati markaziy qömitasi a'zosi A'zam al-Ahmad aytib ötgan.

Uning aytişiça, Abbos AQŞ Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olişi böyiça  bayonotida “Şarqiy Al-Quds Falastin poytaxti deb olinmas ekan, mintaqada tinçlik-osoyiştalik bölmasligi” haqidagi pozitsiyasini aniq bildirmoqçi. 

Al-Ahmadning ma'lum qilişiça, Vaşingtonning uşbu qarori böyiça aniq çoralar “Falastin rahbariyati tomondan duşanba kuni maxsus yiğilişda” qabul qilinadi. Bundan taşqari, “hozirda arab davlatlarining oliy darajadagi favqulodda uçraşuvini çaqirtiriş böyiça maslahatlaşuvlar olib borilmoqda”. 

Al-Ahmad AQŞ ma'muriyati vakillarining AQŞ prezidenti Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişi jarayoniga sodiqligi haqidagi sözlarini yolğon deb atadi. “Bu boşqa heç kimni aldab bölmaydigan yolğondir”, deb izoh bergan bu bayonotlarga al-Ahmad.  

Al-Quds maqomi Falastin-Isroil ixtilofidagi eng muhim muammolardan biri bölib, isroilliklar 1967 yilgi uruşda şaharning şarqiy qismini egallab olişgan. Ular Al-Quds Isroil poytaxti ekanini ta'kidlaşmoqda. Falastinliklar ham şaharning şarqiy qismini öz davlatlari poytaxti qilişmoqçi.