Qozoğiston Qirğiziston bilan Sirdaryo böyiça işçi guruh tuzişni rejalaştirmoqda, bu haqda Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligining transçegaraviy daryolar departamenti direktori Igor Koval ma'lum qildi.
Qozoğiston va Qirğiziston örtasidagi ikki katta transçegaraviy daryolar böyiça, Çu hamda Talas borasida, heç qanday muammo yöq. Qisqa vaqt içida, uning sözlariga köra, Talas daryosidagi Kirov suv ombori ta'mirda edi. Lekin bu işni tezda yakunlaşdi, va endi uni töldiriş işlari olib borilmoqda.
«Bu suv Qozoğistonga 2018 yilning aynan vegetatsion payti uçun kerak. Umuman olganda, Çu daryosida ham heç qanday muammo yöq. Umid qilamizki, bundan keyin ham şunday bölib qoladi», - deya aytib ötdi Igor Koval Qozoğistonda suv siyosati böyiça milliy muloqot majlisi doirasida.
Uning qöşimça qilişiça, Qişloq xöjaligi vazirligi Sirdaryo böyiça Qirğiziston bilan işçi guruhi tuzişni rejalaştirmoqda. Hozirda beş tomonlama davlatlararo komissiya mavjud, u, Igor Kovalning sözlariga köra, samarali işlamoqda. Biroq, Qozoğiston suv omborining iş rejimiga boğliq ayrim masalalarni ikki tomonlama asosda muhokama qilişi kerak.
«Sirdaryo Qirğiziston hududida boşlanadi, u yerda köp yillik tartibga soliş böyiça eng yirik suv ombori – Töqtoğul bor. Suv u yerdan avvaliga Özbekiston, Tojikistonga, söng yana Özbekistonga va şundan keyingina Qozoğistonga keladi. Hamda Tojikiston, Özbekiston, Qozoğistonga suğoriş uçun keladigan suv Töqtoğul suv omboriga boğliq. Bu (ikki tomonlama işçi guruhni taşkil etiş) şu bilan boğliqki, u (suv ombori – tah.) hozirda energetik rejimda işlamoqda, hamda Qirğiziston va Qozoğiston örtasida elektr energiyasi böyiça tovar almaşiş imkoniyatini yuzaga keltiradi», - deya ta'kidlab ötdi Igor Koval.
Uning qöşimça qilişiça, ikki mamlakat örtasidagi taranglik Qozoğistonga transçegaraviy daryolardan suv yetkazib berişga heç qanday ta'sir qilmagan, deb xabar bermoqda Informburo.kz.
«Qirğiziston Qozoğistonga nisbatan daryoning yuqorisida joylaşgan mamlakat, men umid qilamanki, bu yerda özaro tuşunişga erişiladi. Odamlar suv uçun urişişi kerak emas. U tinçlik bilan boğliq bölişi lozim. Insonni suvdan mahrum etiş – bu uni havodan mahrum qiliş bilan barobar», - deya aytib ötdi u.
Mamlakat aholisining soni tobora ortib borayotgani tufayli Qozoğistonni suv bilan ta'minlaşning dolzarbligi ham oşib bormoqda. Igor Kovalning sözlariga köra, suv ta'minotining 50 foizi mamlakatning geografik joylaşuvi tufayli aynan transçegaraviy daryolar hissasiga töğri keladi.












