AQŞning gimnastika terma jamoasining sobiq şifokori Larri Nassar bolalar pornografiyasi uçun Grand-Rapids şahri (Miçigan ştati) sudi tomondan 60 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Nassar, şuningdek, yoş ayol sportçilarga şilqimlik qilişda ayblanmoqda. Bu iş yanvarda alohida körib çiqiladi.
Nassar avval Miçigan ştati universiteti va AQŞ gimnastika federatsiyasida işlagan. Tergov idoralari 2016 yilda Nassarga tegişli elektron taşuvçilarda 37 mingta bolalar pornografiyasi suratlarini aniqlaşgan.
Avvalroq 54 yoşli Nassar 7 ta şilqimlik holati böyiça özini aybdor deb tan olgandi. New York Times naşri ma'lumotlariga köra, 130 dan köproq sportçi uni nomaqbul yoki haqoratlovçi jinsiy hatti-harakatlarda ayblamoqda. Jumladan, Nassar gimnastikaçilar Gabriel Duglas, Eli Raysman va Makkayla Maroni tomondan şilqimlikda ayblangan.












