Rossiya hukumati 2018 yilda mamlakatdagi işlar uçun 140 ming xorijlik fuqaroni jalb etiş maqsadga muvofiq deb hisoblaydi, deyiladi RF vazirlar mahkamasi saytida e'lon qilingan xabarda.
Avvalgi yil bilan taqqoslaganda kvota 20,7 foizga qisqardi. Federal qonunga köra, hukumat Rossiyaga viza asosida kelayotgan xorijiy işçilarni jalb etişdagi talab miqdorini belgilaşi mumkin. Şu bilan birga, 140 ming xorijlikning 94,8 foizi malakali işçilar bölişi kerak.
«Ustuvor professional-malaka guruhlari böyiça talabni taqqoslaş mehnat bozorida malakali işçi kuçiga bölgan ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi», - deya ta'kidlanadi xabarda.
RBK’ning RF içki işlar vaziri birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoyga tayangan holda xabar berişiça, Rossiya hududidagi nolegal migrantlar soni 2,6 million kişini taşkil etadi. Uning sözlariga köra, nolegal migrantlar uluşi qisqarib bormoqda. Bundan taşqari, 2 million xorijlikka Rossiyaga kiriş böyiça taqiq qöyilgan.
Rossiyada inson huquqlari böyiça vakolatli vakil Tatyana Moskalkova boşqaça raqamlarni keltirgandi. U joriy yilning may oyida hisobot taqdim etdi, unda, ekspertlar taxminlariga köra, Rossiyada 90 kundan ortiq vaqt davomida doimiy ravişda hujjatlarni rasmiylaştirmagan 3,4 million xorijlik yaşaşi iddao etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Özbekiston bilan mehnat migrantlarini jalb etiş töğrisidagi bitimni ma'qullagandi.












