Peru terma jamoasi sardori Xose Paolo Gerrero öz termasi safida JÇ-2018 musobaqalarida iştirok eta olmaydi.

FIFA rasmiy sayti bergan xabarga köra, Gerrero bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. Unga bir yil davomida istalgan turdagi futbol musobaqalarida (örtoqlik uçraşuvlari bilan qöşilib) iştirok etiş taqiqlandi.

Futbolçining qonidan kokain metaboliti – benzoilekgonin moddasi topilgandi. Bu sport musobaqalarida iştirok etadigan sportçi uçun taqiqlangan modda sanaladi. Gerreroning doping testi Argentinaga qarşi 5 oktabrda bölib ötgan uçraşuvdan söng ijobiy natija bergandi.

Diskvalifikatsiya oldingi sana 3 noyabrdan boşlab hisobga olinadi. Öşandan boşlab futbolçi vaqtinçalik musobaqalarda iştirok etmay kelayotgandi.