Ispan OAVning yozişiça, butun Madrid ulkan fan-zonaga aylanib böldi. Şahar hokimiyati odamlar oqimini turli hududlarga oldindan taqsimlaşga urinmoqda va ekranlarni bir-biridan uzoq masofalarga örnatmoqda. Politsiya xavfsizlikni ta’minlaş uçun maxsus harakatlar rejasini işlab çiqmoqda. Mamlakatning boşqa şaharlarida ham finalga şu tarzda tayyorgarlik körilmoqda. 

Barselonada bahs katta maydonlarda translatsiya qilinadi. Şuningdek, «Barselona» klubi stadioni bölmiş Camp Nou yaqinida ham ulkan ekran örnatiladi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes finalni tomoşa qiliş uçun Nyu-Yorkka uçişi ma’lum qilingan. 

Argentina prezidenti Xaviyer Miley «irim» qilib AQŞga bormasligini aytdi. U final bahsini boşqa barça öyinlarni qayerda tomoşa qilgan  bölsa, öşa yerda körişini bildirdi. Şuningdek, Miley bir oydan oşiq vaqtdan buyon irim qilib bitta kurtkada yurganini aytdi. Aytişlariça, final kuni köplab kompaniyalar, dökonlar va muassasalar vaqtinça işlamaydi. 

19 iyul kuni soat 02:00 da inglizlar va fransuzlar uçinçi örin uçun kuraşişadi. AQŞning barça federal xizmatlari xodimlari Mayamidagi matç xavfsizligini ta’minlaşadi. Ayni paytda FQB, immigratsiya xizmati, maxfiy xizmatlarning barça kuçlari uşbu tadbirga jalb etilgan.

Finaldan bir neça kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda bundan 19 yil ilgari olingan, Lionel Messi Ispaniya milliy jamoasining hozirgi a’zosi Lamin Yamalni çömiltirayotgani aks etgan fotosurat tarqaldi. Ular ertaga ilk bor maydonda bir-birlari bilan töqnaş kelişadi.