Daniya fuqarosi sudda yutqazdi, unda u suv qunduzlari koloniyasi tomonidan mol-mulkka yetkazilgan zararning qoplanişiga erişmoqçi bölgan. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Ğarbiy Yutlandiya mintaqasida yaşovçi Find Andersen-Fryudal Daniya Tabiatni muhofaza qiliş böyiça agentligiga qarşi da'vo arizasi bilan çiqqan, bu suv qunduzlari uning nazoratida bölgan hududdagi daraxtlarga zarar yetkazgani tufayli yuz berdi. U tovon puli sifatida 200-300 ming daniya kronasi (37-40 ming yevro)ni talab qildi.
Biroq sud agentlik va suv qunduzlarining harakatini töğri deb hisobladi, sababi uşbu hayvonlar noyob turga kiradi. Andersen-Fryudalga esa ekologlarga 30 ming krona (4 ming yevro) miqdorida pul tölaş majburiyati yuklatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Daniyaning muhojirlik va integratsiya masalalari böyiça vaziri Inger Stoyberg boşpana taqdim etiş böyiça rad javobi berilgan migrantlarni saqlaş joyidan qoçib qolişga majbur bölgani xabar qilingandi.












