Çinoz tuman jinoyat işlari böyiça sudi Samarqand viloyatida röyxatdan ötgan “Davr Talabi Qurilish Mollari” MÇJ tomonidan Xitoydan katta miqdordagi tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirilişi holati böyiça qözğatilgan jinoyat işi körib çiqilişini yakunlandi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi xabar bermoqda.
Avvalroq, ya'ni 2017 yil 16 mart kuni Davlat bojxona qömitasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi va Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan maxsus tadbir davomida130 tonnadan oşiqroq vaznga ega bölgan, umumiy miqdori 22 mlrd sömlik Xitoyda işlab çiqarilgan turli tovarlarni 5 ta konteynerda respublikamizga noqonuniy olib kirilişi oldi olingan edi.
Yuk-kuzatuv hujjatlariga köra, uşbu tovarlar Xitoydan Qozoğistonga qadar avtotransportda, Qozoğistondan esa temiryöl platformalarida Samarqand viloyatida joylaşgan “Uluğbek” stansiyasiga yetkazilgan.
Hujjatlarga köra, konteynerlarda çinni buyumlar işlab çiqariş uçun xom aşyo sifatida foydalaniladigan mahsulotlar (nefelin, dolomit, sirkoniy, kaolin, pegmatit) bölişi lozim edi. Ammo, ötkazilgan bojxona körigi davomida aniqlanişiça, barça konteynerlar Xitoyda işlab çiqarilgan turli iste'mol tovarlari bilan “liq töldirilgan holda” bölgan. Xususan, erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-keçaklari, turli poyabzallar, trikotaj mahsulotlari, turli matolar, kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari, bijuteriya, uyali aloqa vositalari va boşqa jami 651 nomdan iborat bölgan tovarlar borligi ma'lum böldi.
Alohida ta'kidlab ötiş lozimki, yuklar orasida respublikaga maxsus ruxsatnomalarsiz olib kiritilişi taqiqlangan dori vositalari, meditsina buyumlari, turli biologik aktiv qöşimçalar mavjud ekanligi aniqlangan.
Xususan, qölga olingan tovarlar orasida katta partiyada, nazoratsiz iste'mol qilinişi inson hayoti va salomatligiga salbiy ta'sir körsatiş oqibatlariga olib kelişi mumkin bölgan jami 10 ming dona “Lirika” nomli dori vositalari mavjudligi aniqlangan.
Şubhasiz, uşbu noqonuniy sxema mualliflarining niyati, tovarlarni bojxona rasmiylaştiruviga qadar bojxona tölov stavkalari past bölgan keramika va çinni buyumlarni işlab çiqariş uçun import qilinadigan xomaşyo iste'mol tovarlari bilan almaştirib qöyiş edi.
Bir oz vaqt ötgaç, xuddi şu kabi tovarlar bilan töldirilgan va soxtalaştirilgan hujjatlar bilan Samarqandga “Davr Talabi Qurilish Mollari” MÇJ manziliga harakatlanayotgan yana ikkita konteyner Toşkent viloyatida aniqlanib uşlab qolingan.
Çinoz tuman jinoyat işlari böyiça sudi uşbu jinoyat işini körib çiqib, 2017 yil 14 noyabr kuni aybdor şaxslarga nisbatan hukm çiqardi.
Xususan T.A.ga nisbatan eng kam oylik iş haqining 300 baravari miqdorida (44 932 500 söm) jarima jazosi, Ş.D.ga eng kam oylik iş haqining 300 baravari miqdorida (44 932 500 söm) jarima jazosi,“Davr Talabi Qurilish Mollari” MÇJ direktori va ta'sisçisi X.O.ga esa oylik iş haqining 30 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.
Bundan taşqari, sud hukmiga muvofiq, ilgari “Davr Talabi Qurilish Mollari” MÇJ manziliga jönatilgan va Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan uşlab qolingan qiymati 18,36 mlrd. sömlik tovar va konteynerlar, şuningdek, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan aniqlangan umumiy qiymati 3,4 mlrd sömlik tovarlar davlat foydasiga musodara qilindi.
Vakolatli organlar tomonidan beriladigan maxsus sertifikat va ruxsatnomalarga ega bölmagan qiymati 4 mlrd sömdan ortiq bölgan tovarlar esa örnatilgan tartibda yöq qilinişi belgilandi.












