Turkiya va Fransiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan va Emmanuel Makron telefon orqali muloqot vaqtida AQŞni Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarorini qayta körib çiqişga köndiriş uçun birgalikda işlaşga kelişib oldilar.

AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarori Isroil tomondan ijobiy qabul qilingan. Biroq köplab davlatlar bunga salbiy munosabat bildirişgan. 

Manba ma'lumotlariga köra, Erdöğan va Makron AQŞning bu qarori jiddiy xavotir uyğotişi haqidagi fikrga kelişgan. Erdöğan Al-Quds masalasi böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlar va yaqin hamkorlik muhimligini ta'kidlab ötgan.