Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qohiraga amaliy taşrif bilan keldi, u Misr rahbari Abdul Fattoh as-Sisiy bilan muzokaralar ötkazdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Rossiya yetakçisini aeroportda Misr prezidentining özi kutib olgan.

Putin va as-Sisiy aeroportdan Rossiya prezidenti avtomobilida Al-Ittihodiya saroyiga yöl olişdi, u yerda esa ikki tomonlama muzokaralar bölib ötdi.

RF prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, Rossiya Misr bilan töğridan-töğri aviaqatnovni oçişga tayyor.

"Rossiya xavfsizlik xizmatlari menga biz Moskva hamda Qohira örtasida töğridan töğri aviaqatnovni oçişga tayyor ekanimiz haqida hisobot berişdi, - deya ta'kidlab ötdi u Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan muzokaralar yakunlari böyiça. – Tegişli hukumatlararo bayonnomani imzolaş talab etiladi, u yaqin vaqt içida imzolanişiga harakat qilamiz".

Şuningdek, Putin duşanba kuni Qohirada Misrdagi birinçi atom elektrstansiyasini Örta Yer dengizidagi ad-Dabaa tumanida Rossiya iştirokida qurişga tijoriy şartnomalarning kuçga kirişi töğrisidagi aktlarni imzolaş marosimida qatnaşdi. Rossiya tomoni ad-Dabaadagi atom elektrstansiyasi tumanida xavfsizlikni ta'minlaşda iştirok etadi.