Asli janubiy koreyalik suratkaş Kim Kyon-Xun Reuters agentligida faoliyat yuritadi. U öz işini harbiy zonalar, qaşşoq mamlakatlar va boşqa xavfli şaroitlarda bajaradi. U odamlarga haqiqatni körsatiş uçun xavfsiz, qulay joylarni emas, murakkablarini tanlagan. Quyida suratkaşning Xitoyda yaşovçi badavlat va noçor odamlar turmuşi örtasidagi tafovutlar körsatilgan taqqosiy fotojamlanmasi taqdim etiladi.
"Men bir-biridan tubdan farq qiluvçi odamlar hayotini kördim: köçada kun köruvçilardan to prezidentlar va boş vazirlargaça, qizil yölakça böylab harakatlanuvçi haşamdor Hollivud yulduzlaridan to radioaktiv nurlaniş qayd etilgan iflos hududlargaça".
Mehmonlar har yili Kaliforniyada ötkaziladigan dunyodagi eng nufuzli - haşamatli, noyob va qimmatbaho maşinalar körgazmasida qadimiy Rolls-Royce avtomobillarini közdan keçirişmoqda.

Pekinlik kişi oila a'zolarini uç ğildirakli elektrovelosipedda taşimoqda

Arzonligi va ayniqsa, yöllardagi tirbandliklar sabab velosiped eng maşhur transport turiga aylangan. Xitoydagi köplab muassasalar oldida velosipedlar uçun maxsus jihozlangan turargohlarni köriş mumkin.
Pekindagi yaxşi ta'minlangan oila farzandining baxtli va betaşviş bolaligi

Noçor odamlarning farzandlari kommunal kvartiraning heç qanday qulayliklarga ega bölmagan tor xonasida

Xitoylik jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, bir bolani dunyoga keltirib, uni oyoqqa qöyiş uçun kamida 300 ming dollar kerak bölar ekan. Bu summani işlab topiş uçun Xitoydagi örtahol oila yeguliklardan voz keçib, 23 yil pul yiğişi kerak böladi.
2015 yilda "Bir oila — bir bola" qonuni bekor qilingan bölsa-da, yoş oilalarning aksariyati ma'lum sabablarga köra bu erkinlikdan foydalanişga şoşilayotgani yöq.
Odamlar Pekindagi beş yulduzli mehmonxonada qahva içişmoqda

Pekindagi migrant-işçilar yaşovçi joyda tuşlik qilayotgan oilalar

Xitoy oşxonasi juda foydali, şu bois xitoyliklar — soğlom millat hisoblanadi. Barça taomlardagi tuz örnini xuşböy ötlar va soya sousi egallagan. Şakar örniga - yeguliklarga qöşiluvçi şirin ildizlar va mevalar. Baliq, göşt va sabzavotlarni klyarda tayyorlaşadi. Non örniga - tuzsiz guruç.
Şuning uçun hatto aholining u qadar boy bölmagan qatlami ham doim sifatli bölmasa-da, özi uçun foydali ratsion tuziş imkoniga ega.
Şuba kiygan ayol qölida kuçukçasi bilan aeroportdagi kitob dökonida

It migrant-işçilar yaşovçi hududdagi çiqindilar qutisidan yegulik axtarmoqda

Savdo majmuasidagi jahon brendlaridan iborat lyuks-dökonlar

Migrant-işçilar yaşovçi hududdagi mahalliy dökon

Pekindagi yangi köp qavatli turar-joy

Pekin çekkasidagi 90-yillarda qurilgan köp qavatli uy

Oşpazlar Pekindagi badavlat dahada joylaşgan restoranda taom tayyorlaşmoqda. Odamlarning tuşligiga örtaça 60-80 dollar ketadi

Köça savdogari özining yarim vayron dahasidagi restoranida lağmon tayyorlamoqda. Erkaklar taxminan 1,60 dollarlik summaga tuşlik qilişadi.

Ayol şaharning boy va tijoriy tumanida iti bilan sayr qilmoqda

Erkak yarim vayron bölgan eski turar-joylar böylab harakatlanmoqda

Buyuk Britaniya va AQŞda uy-joy narxi asta-sekin tuşayotgan bir vaqtda Xitoyda köçmas mulk bahosi boşqa mamlakatlarga nisbatan şiddat bilan ösib bormoqda. Bu sarmoyadorlar va xorijiy xaridorlarni jalb qilmoqda, şaharlarda qurilişlar faol olib borilmoqda
Xitoyliklarning özi esa uy-joy xarid qilişga moliyaviy jihatdan qiynalişadi
Pekindagi Birinçi qariyalar uylarini ijtimoiy himoyalaş instituti vakili qariyalar uyidagi yotoqxonasida

Keksa yoşli kişi noçorlar dahasidagi uyi oldida nogironlar aravaçasida












