Qonun hujjatlari ta'sirçanligini baholaş tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining Xorijda körgazma tadbirlarini ötkaziş uçun möljallangan tovarlarni olib çiqib ketiş tartibini soddalaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
 
Tadbirkorlik sub'yektlariga xorijda körgazma va yarmarkalarda iştirok etiş uçun möljallangan ekvivalentda summasi 5000 AQŞ dollarigaça bölgan tovarlarni eksport kontraktini tuzmasdan va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştirmasdan olib çiqib ketişga ruxsat beriş taklif qilinmoqda. Tovarga ilova qilinadigan hujjatlar olib çiqib ketiş uçun asos böladi.
 
Prezidentning 3.11.2017 yildagi “Taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga ilovada körsatilgan tovarlar bundan mustasno.
 
Bunda tadbirkorlik sub'yektlari Özbekiston bojxona organlariga yozma ravişda quyidagi ma'lumotlarni taqdim etadi:

• xorijda ötkaziladigan körgazma va yarmarkalarning sanasi, vaqti va joyi;
• olib çiqib ketiladigan tovarlarning nomi, miqdori va qiymati.
 
Olib çiqib ketilgan tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan mablağlarni tadbirkorlik sub'yektlari Özbekiston tijorat banklaridagi öz hisobvaraqlariga, şu jumladan quyidagi şakllarda ötkazişlari mumkin:

• bank ötkazmasi;
• xorijiy valyutadagi naqd mablağlarni kiritiş.
 
Loyiha özgartirilişi, qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.