2017 yilning 12 dekabr kuni Özbekistonga Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jyeenbekovning rasmiy taşrifi arafasida Toşkent şahrida Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari işçi guruhlarining tört kunlik uçraşuvi yakunlandi. Bu haqda Özbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv doirasida 2017 yilning 5 sentabridagi Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasi töğrisidagi şartnomaga kirmagan Özbekiston-Qirğiziston çegara uçastkalarini tavsiflaş böyiça işlar davom etdi.

Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasi töğrisidagi şartnoma Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga taşrifi doirasida imzolangandi.