Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilişga doir qaroridan söng islom mamlakatlari BMT Xavfsizlik Kengaşi (XK)ga AQŞ ustidan şikoyat qilişi lozim. Tele Liban kanalining xabar berişiça, Livan prezidenti Mişel Aun Istanbuldagi Islom hamkorlik taşkiloti (IHT)ning çorşanba kungi sammitida şunday bayonot bilan çiqqan.
"AQŞni bu qaroridan voz keçişga majbur qiliş uçun ham şunday qiliş kerak böladi", - deya ta'kidladi u.
"AQŞ BMT Boş Assambleyasi va Xavfsizlik Kengaşining Yaqin Şarq mojarosi böyiça rezolyutsiyasini buzdi, şunday ekan, u mintaqada tinçlik örnatişga harakat qilayotgan buyuk davlat sifatida e'tirof etilişga haqli emas", - deya hisoblaydi Aun.
Livan prezidentining ta'kidlaşiça, "IHT tomonidan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgan har qanday davlatga nisbatan qöşma sanksiyalar mexanizmi işlab çiqilişi kerak".
Konstitutsiyaga köra, Livan prezidenti nasroniy bölişi kerakligiga qaramay, Livan IHT a'zosi hisoblanadi. Aun 12 dekabr kuni Al-Qudsning AQŞ tomonidan Isroil poytaxti deb tan olinişini "katta xato" deb atadi. Uning sözlariga köra, Al-Quds "uç monoteistik din şahri" bölib qolişi kerak.
Istanbuldagi sammit IHTda raislik qilayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan taşabbusi bilan ötkazilmoqda. Unda 48 mamlakat vakili iştirok etib, ulardan 16 nafari - davlat rahbarlari. Yiğiliş sönggida yakuniy deklaratsiya qabul qilinadi va unda AQŞning qaroriga "javob" qarori e'lon qilinadi.












