9 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti ilk marta Toşkentda bölib ötdi. Kun.uz Özbekistonning bu taşkilot doirasidagi hamkorlikni kuçaytirişga bölgan intilişlari zamiridagi omillar haqida söz yuritiş uçun siyosatşunoslar Nargiza Umarova va Suxrob Böronovni “Geosiyosat” dasturiga taklif etdi.
— IHTning öz imkoniyatlarini körsatişga qanday sabablar tösiq bölib kelgan?
Nargiza Umarova: — Bu taşkilot dastlab Pokiston, Eron va Turkiya iştirokida taşkil etilgan. 1992 yil noyabr oyida Özbekiston ham qöşildi. Lekin yuridik jihatdan ötgan yilidan boşlab tölaqonli iştirok eta boşladik, ya’ni taşkilotning Izmir şartnomasi 2022 yilda Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Özbekistonning taşkilotdan ikkita maqsadi bor: Markaziy Osiyo davlatlari va qöşni mintaqa davlatlari bilan transport koridorlarini yaratiş va savdo aylanmasini yuqori darajaga kötariş. Mustaqillik boşida a’zo bölib, lekin faollik körsatmaganiga sabab – öşa vaqtlardagi içki va taşqi siyosatdagi omillar. Birinçi ma’muriyat davrida nisbatan yopiq siyosat olib borilgan. Şuning uçun bu taşkilotdan ham masofa saqlangan. Masalan, Eron bilan munosabatlar 2018 yildagina jonlandi, qöşni respublikalar bilan ham munosabatlar u qadar yaxşi emasdi. Hozirgi Özbekiston ança oçiq, taşabbuskor siyosat olib boryapti.
Taşkilotning Özbekiston raisligi davrida ham asosan transport koridorlari va savdo aylanmalarini rivojlantiriş böyiça takliflar, taşabbuslar ilgari surdi.
— IHT faoliyati davomida qanday natijalarga erişdi?
Suxrob Böronov: — Taşkilot doirasidagi davlatlar tarixiy, diniy, mintaqaviy jihatlardan bir-biriga yaqin hisoblanadi. 4 ta strategik mintaqani öz içiga olgan: Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Örta Şarq, Kaspiy. IHT “avval iqtisod, keyin siyosat” degan tamoyilga amal qiladi.
Uşbu taşkilotning imkoniyatlari juda ham keng. Ma’lum yillar davomida faoliyatida susayiş böldi. Eronga sanksiyalar, Afğoniston muammosi, transport koridorlari masalasi. Özbekistonning taşkilotga raislik davrida 25 tadan ortiq turli tadbirlar amalga oşirildi.
Savdo-iqtisodiy masalalar. Özbekistonning taşqi savdo şeriklari bilan tahlil qilsak, mintaqaviy taşkilotlar doirasida IHT 3-örinda turadi. Birinçi örinda ŞHT, ikkinçi – MDH. Şu tomondan olib qaralsa, imkoniyatlar keng uşbu taşkilotda. Taşqi iqtisodiy aloqalar, dengiz portlariga çiqiş ayni mana şu a’zo davlatlar bilan boğliq va taşkilot biz uçun katta imkoniyatlar eşigini oçişi mumkin.











