Ğarb va arab ommaviy axborot vositalari Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin hamda Başar Asadning Suriyadagi uçraşuvida yuzaga kelgan noqulay vaziyatni keng muhokama qilişmoqda. Gap şundaki, Putinning Hmaymim aviabazasiga taşrifi vaqtida rossiyalik harbiylar Asadga Putinning ortidan minbarga borişiga ijozat berişmadi.  

Uşbu holat tasvirlangan videoda Asad Putin ortidan minbar tomon ketayotgani, biroq rossiyalik harbiylardan biri Asadning qölidan uşlab, uni töxtatib qolgani aks etgan. Suriya prezidenti ham töxtab, unga hammasi tuşunarli ekanini bildirgan.

Asad nima uçun Putin bilan birga minbarga qöyilmagani sababi noma'lumligiça qolmoqda.