Bugun, 13 dekabr kuni Toşkentda ötkazilgan özbek-qirğiz biznes-forumi va kooperatsiya birjasi yakunida 140 million dollarlik 60ga yaqin hujjat imzolandi. Uşbu tadbirlar Qirğiziston prezidenti Sooronboy Jeenbekovning Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida bölib ötdi.
Biznes-forumda Qirğizistonning turli iqtisodiy sohalarida faoliyat körsatuvçi 100dan ziyod kompaniyasi qatnaşdi.
Forum vaqtida Özbekiston Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev ikki davlat örtasidagi tovar ayriboşlaş hajmi ösib borayotganini ta'kidladi. Uning ma'lumotiga köra, yil boşidan buyon Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi savdo hajmi 60 foizdan ziyodroqqa ösgan va 200 million dollarni taşkil etgan. U qat'iy şartnomalar evaziga bu miqdorni yil oxiriga qadar 250 million dollarga yetkaziş mumkinligini qayd etgan.
Vazir Özbekiston Qirğizistonga yengil va yuk maşinalari, avtobuslar, qişloq xöjaligi va yöl texnikasining keng assortimenti, barça turdagi mineral öğitlar, elektrotexnika va kabel-ötkaziş mahsulotlari, maişiy texnika, quriliş materiallari, tayyor töqimaçilik, oziq-ovqat va boşqa mahsulotlarni yetkazib berişni kengaytirişga tayyorligini qayd etib ötdi.
Xöjayev Özbekiston va Qirğiziston bugungi kunda Qirğiziston hududida özbek qişloq xöjalik texnikalari, avtomobillar, avtobuslar, maxsus pritsepli texnikalari, kir yuviş maşinalarini yiğişni taşkil etiş, şuningdek, töqimaçilik va quriliş materiallarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxonalar taşkil etiş ustida iş olib borayotganini qayd etgan.
Öz navbatida, Qirğiziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov tomonlar özaro tovar ayirboşlaş hajmini 500 million dollarga yetkaziş salohiyatiga ega ekanini aytib ötdi. U Qirğiziston tomoni Özbekiston bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, asal, kartoşka, piyoz, sut va göşt mahsulotlarini yetkazib berişga tayyorligini qayd etib ötgan.
U mamlakatlar moliyaviy muassasalar sohasida faol hamkorlik qilişi mumkinligini ham ta'kidlagan.
Biznes-forum yakunlari böyiça 140 mln dollarlik 60ga yaqin hujjat imzolandi. Bundan taşqari, 2017−2019 yillarda savdo-iqtisodiy, investitsion transport-kommunikatsion hamkorlikni rivojlantiriş böyiça «yöl xaritasi» savdo moliyalaştiriş sohasida hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida doiraviy kelişuvga erişildi.











