Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri «Wanbang» Özbekiston qişloq xöjaligiga yarim milliard dollar sarmoya kiritiş haqidagi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda Nuz.uz «Oziq-ovqat xolding»ga tayangan holda.
5-12 dekabr kunlari Xitoyning Xenan viloyatida joylaşgan «Wanbang» kompaniyasi rahbari Özbekistonning Xitoydagi elçisi Baxtiyor Saidov tavsiyasiga köra Özbekistonga taşrif buyurdi. Kompaniya vakillari Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida bölib, Özbekiston bilan şeriklik munosabatlarini yölga qöyiş hamda rivojlantiriş niyatida ekanliklarini bildirişdi.
«Wanbang» kompaniyasi taşrif yakunlari böyiça «Oziq-ovqat xolding» bilan 15 dan ortiq loyihani birgalikda amalga oşiriş töğrisidagi bitimni imzoladi. Hamkorlik qişloq xöjaligi, şu jumladan, çorvaçilik mahsulotini işlab çiqariş, qayta işlaş va qadoqlaş, şuningdek, tayyor mahsulotni eksport, import va reeksport qiliş böyiça yölga qöyiladi. Bu loyihalarni amalga oşiriş uçun 500 million dollar investitsiya jalb etiladi. Bitim «Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co.Ltd», Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligi hamda «Oziq-ovqat xolding» örtasida imzolandi. Imzolangan bitim doirasida Özbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarda 10 ming gektarlik maydonda logistika markazlari hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça obektlarni quriş ham nazarda tutilgan. Bundan taşqari, Xitoyga 100 ming tonna moş yetkazib beriş rejalaştirilmoqda.
«Wanbang» kompaniyasi Jyengjou şahrida umumiy maydoni 40 ming kvadrat metr bölgan eng yirik logistika markazini qurgan, u qişloq xöjaligi mahsulotlarini ulgurji sotişga ixtisoslaşgan. Uşbu logistika markazida 6500 kompaniya öz faoliyatini olib boradi, 150 mingdan ortiq sotuvçilar işlaydi, ular uçun barça şaroitlar yaratilgan, jumladan, köp qavatli uylar qurib berilgan. Kompaniya jahonning 50 dan ortiq davlatlari bilan hamkorlik qiladi va Xitoy oziq-ovqat bozorining 37 foizini nazoratda uşlab turadi.











