Fransiyadagi Perpinyan şahri yaqinida joylaşgan Milla kommunasida maktab avtobusi va TER poyezdi töqnaşuvi oqibatida 4 öquvçi halok böldi, kamida 20 nafari jarohat oldi.

Yöl-transport hodisasi temir yöl ötiş joyida yuz bergan. Töqnaşuv oqibatida avtobus ikki qismga bölinib ketgan. Perpinyan prokurori Jan-Jak Fanining aytişiça, halok bölgan va oğir jarohatlar olgan 7 nafar bolaning şaxslari hali aniqlanmagan.

Jabrlanganlardan eng kiçigi 8 yoş, kattasi esa 15 yoşda. Poyezddan heç kim jabrlanmagan, biroq ba'zilarga psixologik yordam zarur bölgan.

SNCF milliy temir yöl kompaniyasining hududiy boşqarmasi ma'lumotlariga köra, töqnaşuv vaqtida temir yöl ötiş joyi yopiq bölgan.  

Biroq avtobus yölovçilarining aytişiça, ötiş joyidagi şlagbaum tuşirilmagan bölgan. Avtobusda ketgan 11 yoşli qizçaning buvisining aytişiça, nabirasi “barçasini öz közi bilan körgan”.

“Qizçamning aytişiça, şlagbaum tuşirilmagan bölgan. Signalizatsiyaning qizil çiroği ham yoqiq bölmagan. Avtobusning haydovçisi şlagbaumdan ötib, yarim yölda töxtab qolganda, ularga poyezd kelib urilgan”, deb aytgan ayol.