Yevropa Ittifoqi, Afrika ittifoqi va BMTning qöşma işçi guruhi Liviyadan Yevropaga  muhojirlar oqimini kamaytiriş uçun 2018 yil fevraligaça bu davlatdan 15 ming muhojirni vatanlariga qaytarmoqçi. Bu haqda 14 dekabrda Bryusselda YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Federika Mogerini guruhning birinçi yiğilişiga bağişlangan matbuot anjumanda ma'lum qildi. 

Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, hozir Liviyada Yevropaga yetib oliş imkonini izlayotgan, Afrikadan 350 mingdan 450 minggaça muhojir bor.      

“Biz 2018 yil fevraligaça 15 ming muhojirga uylariga qaytişga yordam beriş majburiyatini öz zimmamizga oldik. Joriy yilda biz 16 ming muhojirga uylariga qaytişga yordam berdik”, deb aytgan Mogerini. Uning aytişiça, Yevropa Ittifoqi bu maqsadda 100 mln yevroga yaqin mablağ ajratadi.

“Biz odam taşuvçilar bilan jadal kuraşni davom ettirişimiz kerak. Ulardan yuzlablari sudlovga topşirilgan. Biz şuningdek YeI davlatlarida xalqaro himoyaga muhtojlarni qabul qiliş uçun halol va oçiq qayd qiliş tizimini yaratişimiz kerak”, deb qöşiça qilgan Mogerini. 

Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Margaritis Sxinasning ma'lum qilişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari ikki yil içida kvota böyiça belgilangan 160 ming kişi örniga bor-yöği 32 ming kişini qabul qilgan.