Turkiya va Iroqning qurolli kuçlar boş ştablari boşliqlari Xulusi Akar va Usmon al-Ganmiy 14 dekabr Anqarada NATOning Yevropadagi birlaşgan qurolli kuçlari boş qömondoni Kertis Skaparrotti va AQŞ qurolli kuçlar markaziy qömondonligi boşliği Jozef Votel bilan uçraşdilar. Bu haqda Hurriyet naşri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, tomonlar mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş, terrorçilik taşkilotlariga qarşi kuraşiş uçun zarur çoralarni muhokama qilişgan. Naşrning ma'lum qilişiça, muzokaralar davomida IŞIDning Suriya va Iroqda yana vujudga kelişiga yöl qöymaslik mavzusi ham körilgan bölişi mumkin.












