Kanadalik milliarder, Apotex farmatsevtik kompaniyasi asosçisi Barri Şerman rafiqasi bilan Torontodagi uylari yertölasida ölik holda topildilar. Bu haqda 15 dekabrda The Globe and Mail naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, politsiyada qotillik versiyasi rasman qaralmayapti, biroq voqea “şubhali holat” sifatida tergov qilinmoqda. Politsiyada marhumlar tanalarida biror-bir jarohat izlari, uyga buzib kiriş alomatlari bor-yöqligi ma'lum qilinmagan.
Ta'kidlanişiça, Torontoning nufuzli tumanida joylaşgan Şermanlar uyi yaqinda 7 mln dollarga sotuvga qöyilgan, biroq juftlik ölgani haqidagi yangiliklar paydo bölgandan keyin e'lon olib taşlangan.
Şerman 75 yoşda, uning rafiqasi 70 yoşda bölgan. U 1974 yilda Kanadada eng yirik farmatsevtik kompaniyaga aylangan Apotex kompaniyasiga asos solgan. Şermanning boyligi 3,65 mlrd dollarga baholangan, u Kanadaning eng boy odamlari röyxatida 15-örinni egallagan.












