Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoga yangi murojaat yölladi. U murojaatida Poroşenkoni köngilli tarzda iste'foga ketişga çaqirdi.

19 dekabrda Ukraina prezidentining matbuot kotibi Saakaşvilining Poroşenkoga yöllagan maktubini oşkor qilgandi. Saakaşvili unda mamlakatdagi vaziyatni izdan çiqarmaslikka va'da bergan va muzokaralar taklif qilgan.   

Saakaşvili birinçi murojaati oşkor qilinişiga javoban Facebook’da ikkinçi murojaatni joylaştirdi. Saakaşvili unda Poroşenkoga birinçi murojaatida “ixtilofni hal qilişning yöllarini birgalikda qidirişni” taklif qilganini eslab ötgan. “Biroq buning örniga sizga yöllagan maktubimni oşkor qildingiz. Men qarşimasman. Unda men yaşirmoqçi bölgan biror-bir narsa yöq. Biroq siz bu bilan or-nomusingiz yöqligini körsatdingiz”, deb yozgan Saakaşvili.

Saakaşvili prezidentni u va uning tarafdorlari “Ukrainani yaxşi tomonga özgartirişga qodir emasliklarini” tan olişga çaqirgan. Uning fikriça, Poroşenkoning iste'foga ketişi “mamlakatdagi siyosiy inqirozni yengib ötişdagi deyarli oxirgi imkoniyatdir”. “Köngilli tarzda, xalq istagi oldida boşini eggança iste'foga ketadigan prezident jazoning yumşatilişi va afv etilişga umid qilişi mumkin”, deb murojaat qilgan Saakaşvili.

Saakaşvilining fikriça, Poroşenko tarixga “yangi Ukrainaning asosçisi” sifatida kirolmaydi. Uning ta'kidlaşiça, 54 foiz ukrainaliklar Poroşenkoning davlatni boşqarişidan köngillari qolgan, buning sababi islohotlar ötkaziş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, biznes uçun qulay şaroitlarni yaratişni istamaslikdir. “Seni faqat bir narsa taşvişlantiradi – sening milliardlaring. Sen ular uçun har qanday qurbonga borişga, aldaşga tayyorsan”, deb aytgan Saakaşvili.